
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska o‘z faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, nemis futbolchisiga "Milan" klubi qiziqish bildirgan. "Rossoneri" vakillari bir necha hafta avval futbolchiga uch yillik shartnoma taklif qilishgan.
Taklifga ko‘ra, o‘yinchining mavsumlik maoshi bonuslar bilan birga 5 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda milanlik klub yarim himoyachining yakuniy javobini kutmoqda.
Leon Goretska 2018-yilda "Shalke" klubidan erkin agent maqomida "Bavariya" tarkibiga qo‘shilgan edi. Futbolchining myunxenlik klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning 30-iyuniga qadar kuchga ega.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlar doirasida "Bavariya" safida 40 ta o‘yin o‘tkazdi. Ushbu bahslarda u 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0