
Milanoning "Inter" klubi "Komo" jamoasiga mansub hujumkor yarim himoyachi Niko Pasu qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda La Repubblica nashri xabar berdi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, "nerazzurri" rahbariyati yozgi transfer oynasida "Komo"ning asosiy yulduzini sotib olish uchun jiddiy mablag' sarflashga tayyor.
21 yoshli yarim himoyachining transferi "Inter"ga kamida 50 million yevroga tushishi kutilmoqda. Klub ushbu summani "Barselona" qiziqayotgan himoyachi Alessandro Bastonini sotish orqali yig'ishni rejalashtirgan.
Madridning "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan argentinalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 35 ta o'yinda ishtirok etdi. U ushbu bahslarda 12 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Niko Pasuning "Komo" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha kuchga ega.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0