
Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Parij “Sent-Jermen” (PSJ) jamoasi “Liverpul” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
O‘yin davomida parijliklar bosh treneri Luis Enrique ikki bor majburiy zaxiraga murojaat qildi: maydonni Nunu Mendesh va Dezire Due tark etdi. Jurnalist Fabris Xokinsning xabar berishicha, chorshanba kuni ushbu ikki futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Tekshiruvlar natijasida Dezire Duening tizzasida jarohat (urilish) aniqlangan. Biroq hujumchining ahvoli og‘ir emas va bu holat jamoa muxlislari uchun quvonarli xabar bo‘ldi.
Nunu Mendeshning holati bilan bog‘liq holda Luis Enrique yaqin orada o‘tkaziladigan o‘yinlarda futbolchining yuklamalarini nazorat qilishi va uni ehtiyotkorlik bilan ishlatishi kutilmoqda. Portugaliyalik himoyachi sonning orqa qismida noqulaylik sezganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” jamoasi navbatdagi bahsini 19-april kuni Fransiya chempionati doirasida o‘z maydonida “Lion”ga qarshi o‘tkazadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0