
Yarim himoyachi Ismael Bennaser Zagrebning "Dinamo" klubidagi ijara muddati tugagach, Milondagi "Milan"ga qaytmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar bermoqda.
Gazzetta dello Sport nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Xorvatiya klubi futbolchini 15 million yevro evaziga sotib olish bandini faollashtirmaslikka qaror qilgan. "Milan" rahbariyati jazolg'ir futbolchi bilan butunlay xayrlashmoqchi, biroq munosib xaridor topish qiyin bo'lishi mumkin.
Asosiy to'siq sifatida o'yinchining yuqori moliyaviy talablari ko'rsatilmoqda: Bennaserning mavsumlik ish haqi to'rt million yevroni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda bunday shartlarni asosan Saudiya Arabistoni chempionati klublari qondira oladi.
Ismael Bennaser 2019-yilda "Empoli"dan "rossoneri"lar safiga 17 million yevro evaziga o'tgan edi. Yarim himoyachining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda futbolchi Zagrebning "Dinamo" klubi tarkibida 13 ta o'yinda ishtirok etib, bir ta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0