Arbeloa o'z kelajagidan tashvishlanmayapti

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish1

Arbeloa o'z kelajagidan tashvishlanmayapti
«Real» bosh murabbiyi Arbeloa o'z kelajagi haqida fikr bildirdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z kelajagi haqida izoh berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Men o'z kelajagimdan umuman tashvishlanmayapman. Meni faqat qolgan yetti o'yin, ayniqsa ertangi o'yin tashvishga soladi.

Men faqat shu haqda o'ylayapman", — deydi Arbeloa. Eslatib o'tamiz, Arbeloa "Real" bosh murabbiyi lavozimiga joriy yilning yanvar oyida Xabi Alonso o'rniga tayinlangan edi.

Ispaniya chempionatining 31-turi yakuniga ko'ra, "qirollik klubi" 70 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Barselona"dan to'qqiz ochko ortda qolmoqda.

Avvalroq "Real" Chempionlar ligasidan chiqqan edi. Myunxenning "Bavariya" klubiga ikki marta yengilgandi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish