
"Kristal Pelas" va "Vest Xem" o'rtasidagi o'yin: sharhlovchi bashorati
Bugun, 20-aprel kuni Angliya Premyer-ligasining 33-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas" hamda "Vest Xem" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
O'yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. Futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin ushbu bahs haqidagi fikrlarini bildirdi.
"So'nggi o'yinlarda "Kristal Pelas" va "Vest Xem" ishtirokidagi uchrashuvlarda o'rtacha 2-3 ta gol urilmoqda. Shu tendensiyani qo'llab, ushbu o'yinda ikki yoki uchta gol urilishiga tavakkal qilaman", — deydi Yelagin.
Uchrashuv oldidan "Kristal Pelas" jamoasi turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Vest Xem" 17-pog'onada bormoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0