O'zbekistonda aprel oxiridagi ob-havo prognozi: o'zgaruvchan, yog'insiz

0
O'zbekistonda aprel oxiridagi ob-havo prognozi: o'zgaruvchan, yog'insiz
Ertaga, 27 aprel kuni O'zbekiston hududlarining katta qismida o'zgaruvchan ob-havo kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda O'zgidromet ma'lumotida keltirib o'tildi. Unga ko'ra, TOShKENT ShAHRIda havo o'zgarib turuvchi bo'ladi, yog'ingarchilik ehtimoli kutilmayapti. Shamol sharqiy yo'nalishdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja atrofida, kunduzi esa 26-28 darajagacha ko'tariladi. QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI va XORAZM VILOYaTI hududlarida ham havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to'zonlar bilan birga kechishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo'lishi kutilmoqda. BUXORO VILOYaTI va NAVOIY VILOYaTI da ham xuddi shunday ob-havo sharoiti saqlanadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayib, changli bo'ronlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja, cho'l hududlarida esa kechasi 10-15 daraja va kunduzi 25-30 daraja bo'ladi. SIRDARYo VILOYaTI, JIZZAX VILOYaTI hamda SAMARQAND VILOYaTI da ham havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-to'zonlar bilan kechishi ehtimoldan holi emas. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja atrofida bo'ladi. QAShQADARYo VILOYaTI va SURXONDARYo VILOYaTI da havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqiy tomondan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayib, changli bo'ronlar yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi esa 30-35 darajagacha yetadi. ANDIJON VILOYaTI, NAMANGAN VILOYaTI va FARG'ONA VILOYaTI da ham havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo'lishi prognoz qilinmoqda. Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida esa havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqiy yo'nalishdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi esa 17-22 daraja iliq bo'ladi. Aziza Shukhratova «UZ.NEWS» muharriri + UZ.NEWS saytini Googlega qo'shing Ctrl Enter Xato topdingizmi? Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Yoqdi 0 Yoqmadi 0
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari