"Brayton" Karlos Balebani "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor

0
"Brayton" Karlos Balebani "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor
"Brayton" klubi yarim himoyachisi Karlos Baleba yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida "Manchester Yunayted" safiga o'tishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Qizil iblislar" kamerunlik iqtidorli futbolchining harakatlarini bir necha yildan buyon kuzatib kelmoqda. Ma'lum bo'lishicha, ushbu transfer bo'yicha og'zaki kelishuvga o'tgan yozda erishilgan edi.

Biroq o'sha vaqtda "Brayton" rahbariyati futbolchini qo'yib yuborishni qat'iyan rad etgan. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, endilikda "Brayton" Balebaning sotuviga tayyor va "Manchester Yunayted" ayni damda rasmiy taklif tayyorlamoqda.

22 yoshli tayanch yarim himoyachisiga Londonning "Chelsi" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Transfermarkt" portali Karlos Balebaning bozor qiymatini 55 mln yevroga baholagan.

Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hozircha u samarali harakatlar bilan yodda qolgani yo'q, biroq uning o'yini yirik klublar skautlarida ijobiy taassurot qoldirmoqda.

Kelishuv amalga oshsa, Baleba "Manchester Yunayted"ning markaziy chizig'ini kuchaytirishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari