
Luis Enrike: «Bunday g'alaba Chempionlar ligasiga tayyorgarlik ko'rishning eng yaxshi usulidir» PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining navbatdagi turida «Anje» ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Shanba oqshomida bo'lib o'tgan bahsda parijliklar raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvda Li Kan In 7-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Senni Meyulyu 39-daqiqada oradagi farqni oshirdi.
Yakuniy nuqtani esa 52-daqiqada Lukas Beraldo qo'ydi. Ushbu g'alaba jamoaning turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamlashga xizmat qildi.
«Bunday g'alaba — Chempionlar ligasi yarim finaliga tayyorgarlik ko'rishning eng yaxshi usuli. Bu har bir o'yinchining shaxsiy ishonchi, butun jamoa va muxlislar uchun juda muhimdir.
Biz «Bavariya» bilan o'yinga tayyor bo'lamiz. Tayyorgarlik jarayoni ertangi mashg'ulotlardanoq boshlanadi», — dedi Enrike PSGTV telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, PSJ va «Bavariya» o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 28-aprel kuni Parijda bo'lib o'tadi. Jamoalarning javob o'yini esa 6-may kuniga belgilangan.
Hozirda Parij klubi barcha e'tiborini qit'aning nufuzli musobaqasida muvaffaqiyat qozonishga qaratgan.