
Xakimi "Bavariya" bilan o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda "PSJ" o'ng qanot himoyachisi Ashraf Xakimi Fransiya chempionatining navbatdagi turida "Anje"ga qarshi kechgan bahsda jarohat oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Marokashlik futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi, biroq tanaffusdan so'ng maydonga qaytmadi. "L'Equipe" nashri xabariga ko'ra, Xakimi o'yin davomidagi tezkor harakatlardan birida o'zini noqulay his qilgan.
Shu sababli jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike tavakkal qilmaslikka qaror qilib, futbolchini ikkinchi bo'lim boshida zaxiraga oldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bu jiddiy jarohat emas, balki ehtiyot chorasidir.
Himoyachi 28-aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuviga qadar tiklanishga ulguradi. "PSJ" va "Anje" jamoalari o'rtasidagi bahs parijliklarning 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Amaldagi chempionlar safida gollarga Li Kan In, Senni Meyulyu hamda Lukas Beraldo mualliflik qildi. Ushbu g'alabadan so'ng parijliklar turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi.
Hozirda jamoa bor e'tiborini Yevropa maydonlaridagi muhim uchrashuvga qaratgan.