Luis Enrike «Bavariya» bilan o'yin oldidan «PSJ» himoyasini maqtadi

0
Luis Enrike «Bavariya» bilan o'yin oldidan «PSJ» himoyasini maqtadi
Luis Enrike: «Yaxshi o'yin ko'rsatish uchun himoyalanishni bilish shart» «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining navbatdagi turida «Anje» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng o'z jamoasining o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Parijliklar so'nggi beshta uchrashuvning to'rttasida o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi. «Biz doimo ham hujumda, ham himoyada o'sishga harakat qilamiz.

Mavsum davomida, hatto gol o'tkazib yuborgan bahslarimizda ham himoyada yomon o'ynamadik. Bu biz uchun o'ziga xos asosiy maqsad hisoblanadi.

Men chiroyli futbolni yaxshi ko'raman, biroq sifatli o'yin ko'rsatish uchun himoyalanishni va pressing qilishni bilish shart. Aynan mana shu jihatlarni hozirda «PSJ» ijrosida ko'rmoqdamiz», — dedi Enrike matbuot anjumani chog'ida.

Ma'lumot uchun, 28-aprel, seshanba kuni Fransiya grandi o'z maydonida Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvi doirasida «Bavariya» jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs parijliklar uchun mavsumning eng muhim o'yinlaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari