"Bavariya" Olisning sotilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

0
"Bavariya" Olisning sotilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
«Bavariya» sport direktori Maks Eberl jamoa hujumchisi Maykl Olisning boshqa klublarga sotilishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Klub rahbariyati fransiyalik futbolchini tarkibda saqlab qolish niyatida ekanini qat’iy ta’kidladi. Eberl ZDF telekanaliga bergan intervyusida Olis jamoaning kelajagi uchun o‘ta muhim o‘yinchi ekanini qayd etdi.

Sport direktorining so‘zlariga ko‘ra, Myunxen klubi 22 yoshli hujumchini transferga qo‘yishni xayoliga ham keltirmayapti. «Maykl Olis — bizning daxlsiz futbolchimiz.

Uni hech qanday holatda sotmaymiz. Hatto bu haqda bir soniya ham o‘ylab ko‘rmaymiz», — deya ta’kidladi Maks Eberl.

Ma’lumot uchun, Maykl Olis 2024-yilning yozida Angliyaning «Kristal Pelas» klubidan 53 mln yevro evaziga «Bavariya» safiga kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029-yilning 30-iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urishga va 29 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda nufuzli Transfermarkt portali Olisning transfer qiymatini 140 mln yevroga baholamoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari