Olis «Bavariya»ning chempionlik bayramida ishtirok etishdan bosh tortdi

0
Olis «Bavariya»ning chempionlik bayramida ishtirok etishdan bosh tortdi
Germaniya ommaviy axborot vositalari Myunxenning «Bavariya» klubi muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo'shib kelayotgan fransiyalik yarim himoyachi Maykl Olisning g'alati xatti-harakatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

O'tgan dam olish kunlari klub muddatidan oldin Bundesligada g'oliblikni qo'lga kiritdi. Biroq Olis «Bavariya»ning barcha o'yinchilari orasida chempionlik kubogi bilan suratga tushmagan yagona futbolchiga aylandi.

Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi klubning 35-chempionligiga bag'ishlab tayyorlangan maxsus bayramona futbolkani kiyishdan ham bosh tortgan. Portugaliyaning «A Bola» nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Olis o'yindan so'ng janubiy tribuna qarshisida o'tkazilgan an'anaviy jamoaviy suratga tushish jarayonini ham e'tiborsiz qoldirgan.

Hozircha futbolchining bunday qarorga kelishi sabablari ma'lum qilinmagan. Ushbu holat nemis nashrlari va jamoa muxlislari o'rtasida turli taxminlarga sabab bo'lmoqda.

Olis joriy mavsumda myunxenliklar safida yorqin o'yin ko'rsatayotgan bo'lsa-da, uning jamoaviy tadbirlardan o'zini chetga olishi klub ichidagi muhit haqida savollar tug'dirmoqda. «Bavariya» rahbariyati hozircha ushbu vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari