
O'tgan yilning yozida "Atalanta"ning sobiq futbolchisi Matteo Ruggeri Madridning "Atletiko" klubiga o'tdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
U yangi jamoasidagi ilk kunini esladi. "Atletiko"dagi birinchi kunim menga juda g'alati tuyulgandi.
Atrofimda shuncha chempionlar bor edi... Ammo yangi jamoadoshlarim tez orada o'zimni uyimdagi kabi his qilishimga yordam berishdi.
Menimcha, Diego Simeone jamoasining birligining siri shu bilan bog'liq", - deydi futbolchi derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida. Ayni paytda "Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi, biroq chempionlik uchun matematik imkoniyatdan ham mahrum bo'ldi.
Shu bilan birga, klub Chempionlar ligasida kurashni davom ettirmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0