
Fransiya chempionatining 26-turidan o'rin olgan bahsda «Nant» jamoasi safarda PSJga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mazkur uchrashuvda parijliklar darvozasini qo'riqlagan Matvey Safonov navbatdagi bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. O'yindan so'ng «Nant» bosh murabbiyi Vaxid Xalilxojich mag'lubiyat sabablariga to'xtalar ekan, jamoasining omadsizligidan shikoyat qildi.
RMC Sport nashri mutaxassisning quyidagi so'zlarini keltirmoqda: «Menda hamma narsa bizga qarshi ishlayotgandek tasavvur uyg'onmoqda. Balki, faoliyatimda uzoq davom etayotgan noqulay statistika va omadsizliklar davri boshlangandir.
Belgilangan penalti va bekor qilingan gol haqida nima deyish mumkin? Ular o'yin tizginini o'zgartira olarmidi, buni bilmayman».
Xalilxojichning fikricha, agar jamoalar tanaffusga durang natija bilan yo'l olganida, o'yinning ikkinchi bo'limi boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi. Ma'lumot uchun, 26-turdan so'ng «Nant» 17 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog'onasini egallab turibdi va musobaqani tark etish xavfi ostida qolmoqda.