Uelbek "Brayton" safida gol urish bo'yicha klub rekordini takrorladi

0
Uelbek "Brayton" safida gol urish bo'yicha klub rekordini takrorladi
Angliya Premyer ligasining navbatdagi turida "Brayton" jamoasi "Chelsi" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Aristokratlar" darvozasiga uchta gol urgan "chaykalar" safida tajribali hujumchi Denni Uelbek ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Faxriy futbolchining goli ushbu uchrashuvda yakuniy nuqtani qo'ydi.

Ushbu gol Uelbek uchun joriy mavsumdagi 13-si bo'ldi. Mazkur natija orqali hujumchi kutilmaganda "Brayton" klubining bir mavsumdagi gollar soni bo'yicha rekordini takrorladi.

Avvalroq ushbu ko'rsatkich 2018/2019 yilgi mavsumda qayd etilgan bo'lib, o'shanda Glenn Myurrey ham raqiblar darvozasiga 13 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi. Ta'kidlash joizki, Denni Uelbekda ushbu natijani yangilash va mutloq rekordchiga aylanish uchun hali yetarlicha imkoniyat mavjud.

Mavsum yakuniga qadar qolgan uchrashuvlar hujumchiga o'z ko'rsatkichini yanada yaxshilab olishga xizmat qilishi mumkin. Hozirda futbolchi jamoaning hujum chizig'idagi asosiy yetakchilaridan biri bo'lib qolmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari