
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosinyor egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Klub rahbariyati 22-aprel kuni kechqurun mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qildi. 39 yoshli murabbiy «aristokratlar»ni bor-yo‘g‘i uch oy davomida boshqardi.
Ta’kidlash joizki, u mazkur lavozimga tayinlanishidan avval London klubining farm-klubi hisoblangan Fransiyaning «Strasburg» jamoasida faoliyat yuritgan edi. Rosinyor ketganidan so‘ng, joriy mavsum yakuniga qadar bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarish Kalum Makfarlen zimmasiga yuklatildi.
Makfarlen uchun bu tajriba begona emas, u avvalroq Enzo Mareska iste’foga chiqarilganidan keyin ham jamoani vaqtincha boshqargan edi. Klub xabariga ko‘ra, murabbiylar shtabining qolgan a’zolari o‘z joyida qoladi va faoliyatini davom ettiradi.
Hozirda «Chelsi» Angliya premyer ligasi turnir jadvalida 48 ochko bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa mavsum yakuniga qadar yevrokuboklar yo‘llanmasini beruvchi pog‘onalardan joy olish uchun kurashni davom ettirmoqda.
Murabbiy almashinuvi jamoaning turnir jadvalidagi ko'rsatkichlariga qanday ta'sir qilishi mavsum so'ngida ma'lum bo'ladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0