
A) "Chelsi" "Manchester Yunayted"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi
B) "Chelsi" to'rtinchi ketma-ket mag'lubiyatini qabul qildi
C) "Chelsi" muxlislari bosh murabbiy Liam Rosenyorni osivladi
"Chelsi" Angliya Premyer ligasining 33-turiga doir uchrashuvda o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Jurnalist Kiran Gilla xabariga ko'ra, London klubi bosh murabbiyi Liam Rosenyorn bahis yakunlangach, "Stemford Bridj" stadionidagi Mettyu Harding tribunasiga yaqinlashgan. Murabbiy jamoa muxlislari uchun minnatdorchilik bildirishga harakat qilgan, biroq tarafdorlar bunga ijobiy munosabat bildirmagan.
"Chelsi" ishqibozlari bosh murabbiyini osivlab, unga nisbatan noo'rin ishoralar ko'rsatishgan. Hozirgi vaqtda London klubi Angliya chempionati jadvalida 33 turdan so'ng 48 ochko to'plab, oltinchi o'rinda joy olgan.
"Chelsi" jamoasining natijalari sezilarli darajada yomonlashmoqda: klub APLdagi so'nggi to'rtta uchrashuvda mag'lub bo'ldi va ushbu bahislarning birortasida ham gol urishga muvaffaq bo'lmadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0