
O'zbekiston Qonunchilik palatasi deputatlari tadbirkorlarning bank hisob raqamlarini bloklash hamda blokdan chiqarish tartibini yanada soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi ko'rib chiqishda ma'qulladi. Ushbu qonun loyihasi Iqtisodiy protsessual va Soliq kodekslariga tegishli o'zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi. Xorijiy OAV xabar berishicha, yangi tartibga ko'ra, agar tadbirkor soliq qonunchiligini buzganligini tan olib, tegishli qarorga e'tiroz bildirmasa, hisob raqamlarini vaqtincha bloklash to'g'risidagi qarorni soliq organi bevosita qabul qilishi mumkin bo'ladi.
Shuningdek, qonunbuzarliklar bartaraf etilgandan so'ng, hisob raqamlariga qo'yilgan cheklovlarni olib tashlash jarayoni ham soliq xizmati tomonidan soddalashtiriladi. Bu biznes sub'yektlariga ortiqcha sud jarayonlaridan o'tish zaruratini tugdirmasdan, faoliyatini tezroq tiklash imkoniyatini beradi. Biroq, agar soliq to'lovchi mazkur qarorga rozi bo'lmasa, hisob raqamlariga qo'yilgan cheklovlarni bekor qilish masalasi iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Aytish joizki, mamlakatda soliqni amalga oshirish tizimida yangi bosqich boshlanmoqda. Korxonalarni xavf darajasiga qarab yashil, sariq va qizil zonalarga ajratish orqali biznes vakillariga 8 trillion so'mdan ortiq mablag'ni tejash imkoniyati yaratilmoqda. Bu o'z navbatida, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0