
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 2026 yilgi haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida Makka shahriga kirish tartibini yangilash haqida e'lon qildi. 1447 hijriy yil, ya'ni 2026 yil 13 apreldan boshlab, Makka shahriga kirish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi. Ushbu qoidaga rioya qilmagan fuqarolarning shaharga kirishi man etiladi.
Alohida toifadagi shaxslar uchun esa cheklovlar bekor qilinadi. Makka shahrida doimiy yashash ruxsatnomasiga ega bo'lganlar, haj vizasi bilan kelgan ziyoratchilar va muqaddas hududlarda ishlash uchun rasmiy ruxsat olganlar ushbu qoidadan istisno qilinadi. Umra vizasi bilan kelganlar esa, mamlakatni tark etish uchun 2026 yil 18 aprelga qadar vaqtga ega bo'ladi.
Umra ruxsatnomalarini berish 18 apreldan boshlab vaqtincha to'xtatiladi va bu choralar 31 maygacha davom etadi. Shundan so'ng, haj vizasiga ega bo'lmagan barcha xorijiy fuqarolarning Makka shahriga kirishi va u yerda qolishi qat'iyan taqiqlanadi.
Ushbu qadamlar, haj mavsumini xavfsiz va tartibli o'tkazish maqsadida joriy etilayotganini vazirlik ma'lum qildi. Qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko'rilishi mumkinligi ta'kidlandi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0