Xitoylik o'smir uyda reaktiv dvigatel yasab, hamyurtlarini hayratga soldi

0
Xitoylik o'smir uyda reaktiv dvigatel yasab, hamyurtlarini hayratga soldi
Xitoyda 14 yoshli Che Tszingan nomli o'smir uyda haqiqiy reaktiv dvigatel yaratib, keng jamoatchilik e'tiborini qozondi. Xorijiy OAV xabar berishicha, o'smirning aviatsiyaga bo'lgan qiziqishi dastlab qog'oz samolyotlar yasash bilan boshlangan. Keyinchalik, bu qiziqish aerodinamika va muhandislik sohalarini mustaqil ravishda o'rganishga aylandi.

Che Tszingan mavjud chizmalardan foydalanmasdan, butun loyihani o'z qo'li bilan amalga oshirdi. U dvigatel detallarini o'zi loyihaladi, 2D va 3D modellarini yaratdi hamda havo oqimi va bosim kabi murakkab hisob-kitoblarni o'tkazdi. Loyiha uchun jami 8-9 ming yuan mablag' sarflandi va uning ustida taxminan 8 oy ishladi.

Dvigatelning birinchi sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lishiga qaramay, o'smir maqsadidan chekinmadi. Hozirda u dvigatelning yangilangan versiyasi ustida faoliyat yuritmoqda. Che Tszingan o'z tajribalarida yuzaga keladigan muvaffaqiyatsizliklarni o'qish va rivojlanish uchun muhim imkoniyat deb hisoblaydi.

O'smirning g'ayratli harakati unga yanada katta maqsadlarga intilishga kuch berayotganini ta'kidladi. Uning bu muvaffaqiyati, yoshlar orasida ilm-fan va texnologiyalarga bo'lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari