Xitoylik 14 yoshli o‘smir uyida aviatsiya dvigatelini yasadi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Xitoylik 14 yoshli o‘smir uyida aviatsiya dvigatelini yasadiXitoylik o'smir uy sharoitida aviatsiya dvigatelini yig'di

Xitoyda 14 yoshli Che Szingan ismli o'smir o'z xonadonida haqiqiy aviatsiya dvigatelini yasadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Oddity Central" nashri bergan ma'lumotga ko'ra, uning texnikaga bo'lgan qiziqishi bolalikdagi qog'oz samolyotlar yasash mashg'ulotidan boshlangan. Keyinchalik bu hobbi jiddiy ilmiy izlanishlarga ulanib ketgan.

O'smir aerodinamika va muhandislik asoslarini mustaqil ravishda chuqur o'rganishga muvaffaq bo'lgan. Che Szingan tayyor chizmalardan foydalanmasdan, loyihani to'liq noldan boshlagan.

U qurilmaning barcha detallarini shaxsan loyihalashtirib, maxsus 2D va 3D modellarni tayyorlagan. Shuningdek, havo oqimi hamda bosim ko'rsatkichlari bilan bog'liq murakkab texnik hisob-kitoblarni ham o'zi bajargan.

Dvigatelni yaratish jarayoni qariyb 8 oy davom etgan bo'lib, unga taxminan 8–9 ming yuan mablag' sarflangan. Dastlabki sinovlar kutilgan natijani bermagan bo'lsa-da, yosh ixtirochi o'z ustida ishlashni to'xtatmadi.

Hozirda u dvigatelning yanada takomillashtirilgan va samaraliroq variantini ishlab chiqish bilan band. Che Szinganning so'zlariga ko'ra, har qanday muvaffaqiyatsizlik tajriba to'plashning ajralmas qismi hisoblanadi va yangi marralarni zabt etishga turtki beradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish