Moskvada bahorda qor bo'roni: kuchli shamol va «sariq» xavf darajasi e'lon qilindi

0
Moskvada bahorda qor bo'roni: kuchli shamol va «sariq» xavf darajasi e'lon qilindi
27 aprel kuni Moskva va Moskva viloyatida bahor o'rtasida qor yog'ishi kuzatildi, bu holat aholini hayratga soldi. Kuchli shamol va qor tufayli shaharda “sariq” xavf darajasi e'lon qilindi. Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, yog'ingarchilik va shamol tezligi (soniyasiga 18–23 metr) butun kun davomida saqlanib turdi.

“Fobos” markazi mutaxassisi Yevgeniy Tishkovetsning ta'kidlashicha, bu kabi ob-havo sharoiti oqibatida Moskvada oylik yog'ingarchilik me'yorining yarmiga yaqin miqdori tushdi. Qattiq shamol va qor shahar infratuzilmasiga zarar yetkazdi, ayrim hududlarda daraxtlar ag'darilib, transport harakatiga tosqinlik qildi. Xususan, metroning Arbat-Pokrovsk yo'nalishida daraxt temir yo'lga qulashi sababli “Partizanskaya” va “Shchelkovskaya” bekatlari o'rtasida poyezdlar harakati vaqtincha to'xtatildi.

Havo yomonligi aviatsiya sohasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, tun davomida Vnukovo aeroportidan 50 dan ortiq samolyot rejalashtirilgan vaqtda parvoz qila olmadi. Keyinchalik rasmiylar ayrim reyslar ob-havo sharoiti sabab kechikishga uchraganini tasdiqladi.

Moskva viloyatining Dubna va Domodedovo shaharlarida daraxtlar qulashi oqibatida elektr ta'minoti qisman uzilib qoldi. Bundan tashqari, Paveletskiy va Savelovskiy yo'nalishlarida ham poyezdlar harakati cheklanganini xabar qilinmoqda. Bu voqea aprel oyida Moskvaga qishga xos ob-havo kayfiyatini qaytardi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari