BAA havo hududi xalqaro parvozlar uchun to'liq ochildi

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

BAA havo hududi xalqaro parvozlar uchun to'liq ochildiBAA havo kengliklari parvozlar uchun qayta ochildi

Yaqin Sharq mintaqasida aviaqatnovlar xavfsizligini ta'minlash borasida ijobiy siljishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Birlashgan Arab Amirliklari sayyohlar va xalqaro aviakompaniyalar uchun muhim bayonot bilan chiqdi. 2 may kuni BAA Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi mamlakat havo hududi parvozlar uchun to'liq tiklanganini e'lon qildi.

Mintaqadagi beqarorlik sababli joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar va xavfsizlik choralari rasman bekor qilindi. Endilikda havo kemalari amirliklar hududi bo'ylab avvalgi tartibda erkin harakatlanishi mumkin.

Mutasaddilar yo'lovchilar xavfsizligini kafolatlash maqsadida vaziyatni doimiy nazorat qilib borishini bildirdi. Mintaqadagi aviatsiya inqirozi joriy yilning 28 fevralida avj olgan edi.

AQSh va Isroilning Eronga bergan zarbalari hamda Tehronning bunga javob qaytarishi Fors ko'rfazida parvozlar xavfsizligiga jiddiy tahdid soldi. Harbiy to'qnashuvlar tufayli BAA va qo'shni davlatlar o'z havo hududlarini yopishga majbur bo'ldi.

Bu holat nafaqat harakatlanishda noqulayliklar tug'dirdi, balki global iqtisodiyotga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Aviatsiya qatnovining to'xtashi BAA iqtisodiyoti uchun yirik moliyaviy yo'qotishlarga sabab bo'ldi.

NDTV World ma'lumotlariga ko'ra, Dubay xalqaro aeroporti faoliyatidagi har bir daqiqalik uzilish amirlik iqtisodiyotiga taxminan 1 mln dollar zarar keltirgan. Havo hududining qayta ochilishi turizm, mehmonxona biznesi va aviakompaniyalar uchun moliyaviy tiklanish davrini boshlab berishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish