AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari 25 mlrd dollarga tushdi

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari 25 mlrd dollarga tushdiAQShning Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlari 25 mlrd dollarga tushdi

Yaqin Sharqdagi qurolli to'qnashuvlar AQSh uchun nafaqat siyosiy, balki yirik moliyaviy yo'qotishlarga sabab bo'lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligi Pentagonning moliyaviy ishlar bo'yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Jyuls Xyorstga tayanib xabar berishicha, Eronga qarshi harbiy harakatlar uchun Amerika budjetidan 25 mlrd dollar sarflangan. Vakillar palatasidagi eshituvda ta'kidlanishicha, ushbu mablag'larning katta qismi o'q-dorilar va harbiy resurslarni qoplashga yo'naltirilgan.

Eslatib o'tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlab, mamlakatning bir qator shaharlariga havo zarbalari bergan edi. Bunga javoban Eron Isroil hududiga raketa hujumlarini uyushtirdi va Fors ko'rfazidagi Amerika harbiy bazalariga zarba berdi.

2026 yil aprel oyida tomonlar o'rtasida ikki haftalik sulh tuzilishi natijasida vaziyat vaqtincha barqarorlashdi. Mojaroni hal etish maqsadida Pokiston vositachiligida Islomobod shahrida muzokaralar o'tkazildi.

Biroq uzoq davom etgan muhokamalar yakunida tomonlar aniq to'xtamga kela olmadi. Vashington bosimni kuchaytirish uchun Eron portlari va strategik ahamiyatga ega Ho'rmuz bo'g'ozi orqali o'tishni cheklash choralarini ko'rdi.

Rasmiy Tehron esa ushbu hudud allaqachon yopilganini e'lon qilib, mintaqadagi keskinlikni yanada oshirdi. Mazkur harbiy ziddiyat global energiya bozoriga ham jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Neft va gaz yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar tufayli dunyo miqyosida energetik inqiroz xavfi yuzaga keldi. Mazkur mojaro nafaqat harbiy to'qnashuv, balki o'zining iqtisodiy va geosiyosiy oqibatlari bilan xalqaro barqarorlikka tahdid solmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish