Texasda samolyot halokati oqibatida besh kishi vafot etdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Texasda samolyot halokati oqibatida besh kishi vafot etdiTexasda besh kishi samolyot halokati qurboni bo'ldi

AQShning Texas shtatida sport jamoasini olib ketayotgan kichik samolyot qulab tushishi natijasida besh kishi halok bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Associated Press agentligining mahalliy hokimiyat organlariga tayanib xabar berishicha, fojia 30 aprel kuni Ostin shahridan 64 km uzoqlikda joylashgan Uimberli hududida qayd etilgan. "Cessna 421C" rusumli havo kemasi Amarillo shahridan Nyu-Braunfels tomon parvoz qilayotgan edi.

Samolyot bortida piklbol musobaqasida ishtirok etish uchun yo'lga chiqqan "Amarillo Pickleball Club" a'zolari bo'lgan. Klub vakili Den Dayerning so'zlariga ko'ra, xuddi shu yo'nalishda uchgan ikkinchi samolyot belgilangan manzilga xavfsiz qo'ngan.

Meteorologiya xizmati halokat yuz bergan vaqtda ob-havo sharoiti murakkablashganini bildirdi. Hududda dastlab bulutli havo kuzatilgan, so'ngra chaqmoq va momaqaldiroq boshlangan.

Ushbu omillar parvoz xavfsizligiga salbiy ta'sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, piklbol sporti tennis, badminton va stol tennisi qoidalarini o'zida birlashtirgan ommabop o'yin turi sanaladi. Mazkur fojia AQSh sport jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo'ldi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish