Fransiya Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi talabalar uchun o'qish narxini oshiradi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Fransiya Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi talabalar uchun o'qish narxini oshiradiFransiya Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan davlatlar talabalari uchun o'qish narxini oshiradi

Fransiya hukumati Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan mamlakatlardan kelgan talabalar uchun oliy ta'lim muassasalarida o'qish narxini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur tashabbus Fransiya Oliy ta'lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan "Oliy ta'lim uchun Fransiyani tanlang" strategiyasining bir qismi sifatida e'lon qilindi. Yangi tartibga ko'ra, chet ellik talabalarning asosiy qismi o'qish xarajatlarini to'liq qoplash tizimiga o'tkaziladi.

Fransiya rasmiysi Filipp Batistning qayd etishicha, hozirgi vaqtda xorijlik talabalarning qariyb 90 foizi ta'lim xarajatlarini to'liq to'lamoqda, biroq yangi tizim ushbu amaliyotni yanada qat'iylashtirishni ko'zda tutadi. Taklif etilayotgan tabaqalashtirilgan to'lov tizimiga ko'ra, bakalavriat bosqichida tahsil olish narxi yiliga amaldagi 178 yevrodan 2 895 yevrogacha ko'tarilishi kutilmoqda.

Magistratura yo'nalishida esa to'lov miqdori 254 yevrodan 3 941 yevroga oshishi belgilangan. Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, ushbu yondashuv 2019 yilda qabul qilingan strategiyani to'liq amalga oshirishga qaratilgan.

Hukumat universitetlar tomonidan beriladigan keng ko'lamli imtiyozlarni cheklab, "to'liq to'lov — asosiy qoida, imtiyoz — istisno" tamoyilini joriy etishni maqsad qilgan. Endilikda o'qish haqi bo'yicha chegirmalar faqat alohida holatlarda va cheklangan miqdorda taqdim etiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish