Kentukki shtatidagi bankda otishma: ikki kishi halok bo'ldi
AQShning Kentukki shtatida joylashgan Berea shahrida qurolli hujum sodir etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
29 aprel kuni Chestnat ko'chasidagi bank filialiga bostirib kirgan noma'lum shaxs ikki nafar xodimni otib o'ldirdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida yuz bergan. Jinoyatchi bank xodimlariga qarata o'q uzgach, voqea joyidan yashiringan.
Kentukki shtati politsiyasi vakili Skott Pennington hudud aholisi xavfsizligini ta'minlash ustuvor vazifa ekanini va jinoyatchini qo'lga olish uchun barcha choralar ko'rilayotganini bildirdi. Politsiya ma'lumotiga ko'ra, gumonlanuvchining bo'yi taxminan 1,90 metr bo'lib, u och rangli sviter, kulrang shim va sport oyoq kiyimida bo'lgan.
Hozircha bankdan pul yoki qimmatbaho buyumlar o'g'irlangani haqida aniq ma'lumot yo'q. Shuningdek, hujumchi piyoda yoki transport vositasida qochgani aniqlanmoqda.
Huquq-tartibot organlari 16 mingdan ortiq aholi yashaydigan Berea shahri fuqarolarini hushyorlikka chaqirdi. Pennington jinoyatchiga murojaat qilib, uni o'z ixtiyori bilan taslim bo'lishga undadi.
Leksington shahridan 64 km uzoqlikda joylashgan hududda tergov harakatlari davom etmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0