Hindistonda erkak opasining pulini olish uchun uning jasadini bankka olib keldi

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

Hindistonda erkak opasining pulini olish uchun uning jasadini bankka olib keldiHindistonda erkak opasining pulini olish uchun uning jasadini bankka olib keldi

Hindistonning Odisha shtatida istiqomat qiluvchi 50 yoshli Jitu Munda vafot etgan opasining bank hisob raqamidagi mablag'ni yechib olish uchun uning qabrini qazib, jasad qoldiqlarini bank filialiga olib bordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "Nyu-York" Post nashri xabar tarqatdi. Ma'lum qilinishicha, Munda yanvar oyida 56 yoshida vafot etgan opasi Kalra Mundaning hisob raqamidagi 20 ming rupiy (taxminan 211 AQSh dollari) miqdoridagi pulga egalik qilmoqchi bo'lgan.

Biroq bank xodimlari o'limni tasdiqlovchi hujjatlar bo'lmagani sababli mablag'ni berishdan bosh tortgan. Munda: «Men bir necha bor bankka bordim, lekin xodimlar hisob egasini olib kelishni talab qildi.

Uning vafot etganini aytsam ham ishonishmadi. Shu sababli alam ustida qabrni qazib, isbot sifatida skeletni olib keldim», — deya holatga izoh berdi.

Mahalliy politsiya inspektori Kiran Prasad Sahuning ta'kidlashicha, Jitu Munda savodsiz qabila vakili bo'lib, merosni rasmiylashtirish tartibini tushunmagan, bank xodimlari esa unga jarayonni yetarlicha tushuntirib bera olmagan. "Odisha Grameen Bank" rahbari Rishi Singx voqeani achinarli holat deb atadi va xodimlar o'lim guvohnomasi hamda meros hujjatlarini so'rashga majbur bo'lganini bildirdi.

Mazkur voqeadan so'ng politsiya aralashuvi bilan mablag'ni qonuniy olish jarayoni yakunlandi. Opasining jasadi politsiya nazorati ostida qayta dafn etildi.

Mundaga nisbatan hech qanday jinoiy ayblov qo'yilmadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish