Ohangaronda voyaga yetmagan qizga tegajog'lik qilgan xodim ushlandi

Madina Yusupova2 daqiqalik o'qish

Ohangaronda voyaga yetmagan qizga tegajog'lik qilgan xodim ushlandiIIV xodimi voyaga yetmagan qizga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etganlikda gumonlanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda patrul-post xizmati xodimining voyaga yetmagan qizga nisbatan amalga oshirgan g'ayriqonuniy xatti-harakatlari aks etgan video murojaat tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jabrlanuvchining so'zlariga ko'ra, voqea 27 aprel kuni kechqurun, u dugonasi bilan hovlida o'tirgan vaqtda yuz bergan. Qizning ta'kidlashicha, ularning yoniga Spark rusumli avtomobil kelib to'xtagan va haydovchi uni mashinaga chiqishga majburlagan.

Rad javobiga qaramay, erkak qo'pol ohangda buyruq berganidan so'ng, qiz uning ichki ishlar organlari xodimi ekanligiga ishonib, avtomobilga o'tirgan. 14 yoshli qizning bayonotiga ko'ra, xodim ularni chekka tog'li hududga olib borib, tegajog'lik qilgan.

Hodisa joyiga qizning akasi geolokatsiya orqali yetib kelgan. Jabrlanuvchining yaqinlari erkak keyinchalik qo'ng'iroq qilib, ularga tahdid qilganini ham ma'lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik bo'linmasi prokuratura organlari bilan hamkorlikda zudlik bilan tekshiruv ishlarini boshladi. Vazirlik xabariga ko'ra, gumonlanuvchi xizmat vazifasidan chetlatilgan.

Agar keltirilgan vajlar o'z tasdig'ini topsa, xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi va u jinoiy javobgarlikka tortiladi. IIV tizimida xodimlar tomonidan sodir etiladigan har qanday qonunbuzarlik, ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiqlar mutlaqo qabul qilinmasligi va keskin choralar ko'rilishi ta'kidlandi.

Tekshiruv natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berilishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish