Ohangarondagi holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Ohangarondagi holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindiOhangaron tumanida voyaga yetmagan qiz bilan bog'liq hodisa yuzasidan tekshiruv boshlandi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 14 yoshli qiz ishtirokida sodir bo'lgan voqea jamoatchilik e'tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova tomonidan shaxsiy nazoratga olindi. Dastlab ijtimoiy tarmoqlarda Patrul-post xizmati (PPX) xodimi ikki nafar voyaga yetmagan qizni avtomobilda chekka hududga olib borib, ularga nisbatan nomaqbul harakatlar qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu ma'lumotlar ortidan ichki ishlar organlari xizmat tekshiruvini, Ohangaron shahri prokuraturasi esa tergovga qadar tekshiruvni boshladi. Ichki ishlar vazirligi xodim xizmat vazifasidan chetlatilganini va aybi tasdiqlansa, qat'iy jazo choralari ko'rilishini bildirdi.

Biroq Toshkent viloyati IIBB tarqalgan xabarlar haqiqatga to'liq mos kelmasligini ma'lum qildi. Rasmiy bayonotga ko'ra, voqea 27 aprel kuni tunda sodir bo'lgan.

PPX xodimi 22 yoshli tanishining iltimosiga ko'ra yetib kelganida, avtomobilda ayol bilan birga 14 yoshli qiz ham bo'lgan. Shu vaqtda 18 yoshli yigit va uning hamrohlari xodim bilan janjallashgan.

Boshqarma ijtimoiy tarmoqlarda yolg'on ma'lumot tarqatgan shaxslarga nisbatan ham huquqiy choralar ko'rilishi haqida ogohlantirdi. Hozirda ziddiyatli ma'lumotlar yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish