Hindistonda ibodatxona fili hujumi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Hindistonda ibodatxona fili hujumi oqibatida bir kishi halok bo'ldiHindistonda fil hujumi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

Hindistonning Kerala shtatida o'tkazilgan ibodatxona bayrami fojiali yakun topdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Angamali hududidagi diniy marosim vaqtida nazoratdan chiqqan fil odamlarga hujum qildi. Hodisa oqibatida 40 yoshli Vishnu vafot etdi.

Marhum aynan ushbu filni tadbirga olib kelgan mas'ul shaxs bo'lgani qayd etilgan. Shuningdek, hujum natijasida Pradip ismli yana bir fuqaro turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yuborildi.

Guvohlar bergan ma'lumotga ko'ra, tajovuzkor holatga o'tgan hayvon hududdagi bir nechta avtomobil va skuterlarni ag'darib tashlagan, bu esa jamoat orasida kuchli sarosima keltirib chiqargan. Tartibsizliklar taxminan ikki soat davom etgan.

Shundan so'ng hayvon maxsus tinchlantiruvchi vositalar yordamida uxlatildi va ibodatxona yaqinidagi daraxtga bog'lanib, nazoratga olindi. Mazkur holat ommaviy tadbirlarda yirik hayvonlardan foydalanish va xavfsizlik choralarini qayta ko'rib chiqish zarurligini ko'rsatmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish