Chadda suv ustidagi nizo oqibatida 42 kishi halok bo'ldi
Channing sharqiy qismidagi Igote mintaqasida suv manbaidan foydalanish bo'yicha kelib chiqqan mojaro qurolli to'qnashuvga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ikki oila o'rtasidagi kelishmovchilik natijasida kamida 42 kishi hayotdan ko'z yumdi, yana 10 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Tchad Infos nashri xabariga ko'ra, dastlabki oddiy janjal qasos olish harakatlari bilan davom etib, hududda keng ko'lamli zo'ravonliklarni keltirib chiqargan.
Mamlakat prezidenti Mahamat Idriss Debi Itno vaziyatni nazoratga olish va barqarorlikni ta'minlash maqsadida voqea joyiga yuqori darajadagi delegatsiyani yubordi. Hukumat missiyasi tarkibidan Bosh vazir o'rinbosari Liman Mahamat hamda Mudofaa vaziri Issaka Maloua Djamous o'rin olgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, mazkur hodisa uzoq yillik oilaviy adovatning navbatdagi ko'rinishi hisoblanadi. Hozirda hukumat vakillari vaziyatni yumshatish uchun vositachilik qilish bilan birga, aybdorlarni javobgarlikka tortish bo'yicha sud jarayonlarini tashkil etish choralarini ko'rmoqda.