Eron AQShga yadroviy muzokaralar bo'yicha taklif yo'lladi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Eron AQShga yadroviy muzokaralar bo'yicha taklif yo'lladiEron AQShga yadroviy muzokaralar bo'yicha yangi taklif yo'lladi

Eron hukumati AQSh ma'muriyatiga yadroviy dastur bo'yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichini vaqtincha to'xtatib turishni ko'zda tutuvchi diplomatik taklif yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tehron ushbu tanaffus davomida e'tiborni boshqa dolzarb masalalarga, xususan, Ho'rmuz bo'g'ozini yuk tashuvlari uchun ochish hamda harbiy harakatlarni to'xtatishga qaratishni maqsad qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, Eron tomoni boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqish va uni ishlab chiqarishni 10 yil muddatga cheklash bo'yicha Vashington qo'ygan talablarni ko'rib chiqishni keyinga surishni so'ragan.

Ushbu tashabbusdan ko'zlangan asosiy maqsad tomonlar o'rtasida uzoq muddatli o't ochishni to'xtatish rejimini o'rnatishdan iborat. Axios nashrining tahlil qilishicha, bunday kelashuvga erishilishi AQSh uchun Tehronning yadroviy faoliyatiga ta'sir o'tkazish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

Hozircha Vashington ushbu taklifga nisbatan rasmiy munosabat bildirmadi. Muzokaralarning yangi yo'nalishi mintaqadagi xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka bevosita daxldor ekani ta'kidlanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish