G'azo lagerlarida kalamushlar tunda yosh bolalarga hujum qilmoqda

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

G'azo lagerlarida kalamushlar tunda yosh bolalarga hujum qilmoqdaG'azo lagerlarida kemiruvchilar bolalarga hujum qilmoqda

G'azo hududida gumanitar inqiroz chuqurlashib, chodir lagerlarda istiqomat qilayotgan aholi yangi xavf — kalamushlar bosqiniga duch keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligi taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, kemiruvchilar tungi vaqtda ayniqsa yosh bolalarga hujum qilib, ularning tana a'zolarini tishlab jarohatlamoqda. Qurolli to'qnashuvlar sababli o'z uylarini tark etgan 2 mln nafardan ortiq falastinlik hozirda vaqtinchalik boshpanalar va vayronalar ichida yashashga majbur bo'lmoqda.

Xon Yunus shahridagi lagerda yashovchi Amani Abu Selmi o'zining to'y kiyimlari va barcha tayyorgarlik anjomlari kalamushlar tomonidan yaroqsiz holga keltirilganini ma'lum qildi. Shuningdek, yana bir fuqaro Halil al-Mashharaviy o'zi va 3 yoshli farzandi tunda kemiruvchilar hujumidan jarohat olganini, ota-onalar xavotir sabab uxlashga qo'rqayotganini bildirdi.

Kemiruvchilar nafaqat odamlarga, balki kam sonli oziq-ovqat zaxiralari va kiyim-kechaklarga ham jiddiy zarar yetkazmoqda. "Al-Shifa" shifoxonasi rahbari Muhammad Abu Selmiyaning so'zlariga ko'ra, ushbu holat yuqumli kasalliklar tarqalish xavfini keskin oshiradi.

Kalamush tishlashi oqibatida isitma, leptospiroz va o'lat kabi og'ir xastaliklar yuzaga kelishi mumkin. Sanitariya vositalari tanqisligi va issiq havoning yaqinlashishi vaziyatni yanada murakkablashtirishi kutilmoqda.

COGAT tashkiloti hududga zararkunandalarga qarshi vositalar kiritilishiga ruxsat berilganini aytsa-da, mahalliy aholi ko'rilayotgan choralarni yetarsiz deb baholamoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish