Rossiyada maoshsiz qolgan yuzlab oʻzbekistonlikning huquqlari tiklanmoqda

0
Rossiyada maoshsiz qolgan yuzlab oʻzbekistonlikning huquqlari tiklanmoqdaRossiyada 100 nafardan ortiq o'zbekistonlik maoshsiz qoldi Rossiya hududida mehnat faoliyatini olib borayotgan 100 nafardan ziyod o'zbekistonlik fuqaro og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Migratsiya agentligi bergan rasmiy axborotga ko'ra, ishchilar to'rt oy davomida ish haqi olmagan va oziq-ovqat ta'minotisiz qoldirilgan. Ish beruvchining xodimlardan qarzdorligi 24 mln rublni yoki taxminan 324 ming AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Shuningdek, ayrim fuqarolarning hujjatlarida muammolar yuzaga kelib, ular Rossiya qonunchiligi oldida noqonuniy holatga tushib qolgan. Vaziyatni o'rganish va hamyurtlarimizning huquqlarini himoya qilish uchun agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi advokatlarni jarayonga jalb qildi.

O'zbekistonning bosh konsulxonasi diplomatik kanallar orqali Rossiyaning tegishli idoralariga rasmiy nota yubordi. Ko'rilgan choralar natijasida ish beruvchi tashkilot mas'ullariga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Hozirgi vaqtga qadar ishchilarning 9 403 000 rubl miqdoridagi ish haqlari undirib berildi. Qolgan mablag'larni 15 mayga qadar to'liq qaytarish bo'yicha reja tasdiqlangan.

Fuqarolarning oziq-ovqat ta'minoti qayta yo'lga qo'yildi. Agentlik noqonuniy holatga tushgan o'zbekistonliklarni vatanga qaytarish choralarini ko'rmoqda.

Shuningdek, jabrlanganlarga zarur moddiy yordam ajratilishi e'lon qilindi. Hozirda mehnat muhojirlarining huquqlarini tiklash ishlari davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari