Mirziyoyev Farg'onada 100 ta namunaviy kutubxona tashkil etishni buyurdi

0
Mirziyoyev Farg'onada 100 ta namunaviy kutubxona tashkil etishni buyurdiFarg'onada 100 ta namunaviy kutubxona tashkil etiladi Prezident Mirziyoyev Farg'ona viloyatiga tashrifi davomida yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga to'xtalib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Davlat rahbari ushbu yo'nalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida 2026 yil davomida viloyatning 100 ta mahallasida namunaviy kutubxonalar barpo etish rejasini e'lon qildi. Mazkur loyiha aholining, xususan, yosh avlodning mutolaaga bo'lgan qiziqishini rag'batlantirishga xizmat qiladi.

Sohaga xususiy sektorni jalb qilish maqsadida buk-kafe faoliyatini yo'lga qo'ygan tadbirkorlarga soliq va ijara to'lovlari bo'yicha maxsus imtiyozlar taqdim etilishi belgilandi. Bu chora-tadbirlar hududlarda zamonaviy madaniy maskanlar tarmog'ini kengaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, Prezident tomonidan Burhoniddin Marg'inoniy majmuasida har ikki yilda bir marta Xalqaro kitobxonlik festivalini o'tkazish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu tadbirga xorijiy davlatlarning taniqli adib va shoirlari taklif etilishi ko'zda tutilgan.

Yig'ilishda Qo'qon adabiy muhitining tarixiy ahamiyati alohida qayd etildi. Mirziyoyev ushbu hududda 300 dan ortiq ijodkor yetishib chiqqanini ta'kidlab, Qo'qon shahrining UNESCO «Adabiyot shahri» maqomiga munosib ekanini bildirdi.

Shu bilan birga, mavjud adabiy merosni tizimli tadqiq etishdagi kamchiliklar tanqid qilindi. Muammolarni bartaraf etish uchun Qo'qon adabiy muhitiga bag'ishlangan maxsus antologiya va elektron platforma yaratish, shuningdek, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish vazifasi qo'yildi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari