Alvares "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tishga qaror qildi

0
Alvares "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tishga qaror qildi
Xulian Alvares faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares o'zining kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Jurnalist Xose Alvaresning xabar berishicha, argentinalik futbolchi Madrid klubi rahbariyatiga kelayotgan yozgi transfer oynasida "Barselona" safiga o'tish istagini ma'lum qilgan. Hozirda kataloniyaliklar 26 yoshli hujumchini yozgi transferlar davridagi asosiy maqsad sifatida ko'rmoqda.

Biroq tomonlar o'rtasidagi muzokaralar oson kechmasligi kutilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" va "Barselona" klublarining futbolchi narxi borasidagi pozitsiyalari o'rtasida 50 mln yevro miqdorida farq mavjud.

Madridliklar o'z yetakchisini arzon garovga qo'yib yubormoqchi emas. Ma'lumot uchun, Alvares 2025/2026 yilgi mavsumda "Atletiko" tarkibida barcha musobaqalarda jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Argentinalik hujumchi mazkur o'yinlarda raqiblar darvozasiga 19 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi va 9 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Hozirda futbolchining transferi bo'yicha klublararo muloqotning keyingi bosqichi kutilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari