Boston Dynamics va Asylon kompaniyalari DroneDog robotini taqdim etdi
Boston Dynamics hamda Asylon kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqilgan DroneDog nomli robotlashtirilgan qo'riqchini namoyish qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, mazkur qurilma mashhur to'rt oyoqli Spot roboti negizida yaratilgan bo'lib, PupPack maxsus xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan. Robotlashtirilgan qo'riqchi hududlarni tunu kun patrullash, qoidabuzarliklarni qayd etish va ob'ektlarni inson aralashuvisiz nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Qurilma quvvati kamaygan holatda mustaqil ravishda DogHouse stansiyasiga qaytadi. Ushbu modul robotni noqulay ob-havodan himoya qiladi va energiya zaxirasini tiklashga xizmat qiladi.
DroneDog hozirga qadar real sharoitlarda 250 mingdan ortiq avtomatik missiyani muvaffaqiyatli bajardi va jami 240 ming kilometrdan ziyod masofani bosib o'tdi. Texnik jihatdan robot 20 karra yaqinlashtirish imkoniyatiga ega teplovizor, sun'iy intellekt algoritmlari va shifrlangan aloqa tizimi bilan ta'minlangan.
Qurilma murakkab relyeflarda harakatlanish, zinapoyalardan ko'tarilish hamda qorong'u vaqtda ishlash qobiliyatiga ega. Operatorlar tizimga masofadan ulanib, vaziyatni kuzatib borishlari mumkin.
DroneDog robotining boshlang'ich narxi 74,5 ming dollar etib belgilandi.