APL "Man Siti"ning taqvim bo'yicha so'rovini rad etdi

0
APL "Man Siti"ning taqvim bo'yicha so'rovini rad etdi
"Manchester Siti"ning ikki uchrashuvi may oyiga ko'chirildi "Manchester Siti" jamoasining Angliya kubogi finaliga yo'llanma olgani sababli, Angliya premyer ligasidagi uchrashuvlar taqvimi o'zgarishiga to'g'ri keldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Xususan, "shaharliklar"ning "Bornmut"ga qarshi safar o'yini boshqa muddatga qoldirildi. Shu tariqa, Xosep Gvardiola shogirdlarida ikkita qoldirilgan bahs yuzaga keldi.

Avvalroq Liga kubogi finali sababli "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin ham ko'chirilgan edi. Ushbu uchrashuvlar may oyining o'rtalarida, ya'ni haftaning ishchi kunlarida o'tkazilishi belgilandi.

Rejaga ko'ra, "Manchester Siti" 13-may kuni o'z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qiladi, 19-may kuni esa "Bornmut" mehmoni bo'ladi. Ushbu ikki o'yin oralig'ida, aniqrog'i 16-may kuni Gvardiola jamoasi Angliya kubogi finali doirasida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.

"Business Upturn" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" rahbariyati chempionatning qoldirilgan o'yinlari ketma-ketligini o'zgartirish bo'yicha so'rov yuborgan. Biroq Angliya premyer ligasi rahbariyati klubning ushbu iltimosini rad etdi va amaldagi jadvalni o'zgarishsiz qoldirdi.

Endilikda jamoa may oyida o'ta tig'iz o'yinlar grafigida harakat qilishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari