"Chelsi" murabbiyi Angliya kubogi finaliga chiqqanini izohladi

0
"Chelsi" murabbiyi Angliya kubogi finaliga chiqqanini izohladi
"Chelsi" Angliya kubogi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi Londonning "Chelsi" jamoasi Angliya kubogi yarim final uchrashuvida "Lids" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur muvaffaqiyatdan so'ng "ko'klar" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarlen uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Bu juda murakkab va og'ir o'yin bo'ldi.

Bahsning eng quvonarli jihati futbolchilarning maydonda ko'rsatgan xarakteri bo'ldi. O'ylaymanki, yigitlar bugun g'alaba qozonishni qanchalik istashayotganini amalda isbotlay olishdi", — dedi murabbiy.

Turnirning final bosqichida "Chelsi" jamoasi "Man Siti"ga qarshi maydonga tushadi. "Shaharliklar" yarim finalning boshqa bir bahsida "Sautgempton" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonib, hal qiluvchi o'yinga yo'l olgan edi.

Angliya kubogi final uchrashuvi 16-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. Hozirda har ikki jamoa ham mavsumning eng muhim sovrinlaridan biri uchun tayyorgarlikni boshlagan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari