Jerebi Doku APL chempionligi uchun kurash haqida gapirdi

0
Jerebi Doku APL chempionligi uchun kurash haqida gapirdi
Jerebi Doku: «G'alabadan hech qachon charchab bo'lmaydi» "Man Siti" vingeri Jerebi Doku mavsumning hal qiluvchi qismi oldidan o'z maqsadlari va jamoadagi muhit haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirda "shaharliklar" Angliya Premyer ligasi turnir jadvalida "Arsenal"ni ortda qoldirib, peshqadamlikni qo'lga kiritgan. Ta'kidlash joizki, jamoa yaqin vaqtgacha raqibidan to'qqiz ochko ortda qolayotgan edi.

Gvardiola shogirdlari, shuningdek, Angliya kubogi yarim finalida "Sautgempton"ga qarshi maydonga tushadi. Jurnalist Jeremi Krossning xabar berishicha, Doku joriy mavsumda barcha nufuzli sovrunlarni qo'lga kiritish niyatida.

"Men Angliya kubogi va Premyer ligada g'olib chiqishni istayman. Avval ham Angliya chempioni bo'lganman, biroq motivatsiyam zarracha kamaygani yo'q.

G'alaba qozonish istagi doimo saqlanib qoladi. Inson muvaffaqiyatdan charchamaydi, aksincha, erishilgan natijalardan qat'i nazar, har doim ko'prog'ini xohlaydi", — dedi Jerebi Doku.

"Man Siti" va "Sautgempton" o'rtasidagi yarim final bahsi shu haftaning shanba kuni bo'lib o'tadi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari