Xiaomi HyperOS 3.0 tizimidagi dasturiy xatolarni tuzatdi

0
Xiaomi HyperOS 3.0 tizimidagi dasturiy xatolarni tuzatdiXiaomi HyperOS 3.0 tizimidagi dasturiy xatoliklarni bartaraf etdi Xiaomi kompaniyasi HyperOS 3.0 operatsion tizimining barqarorligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan haftalik ishlar yuzasidan hisobot e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, navbatdagi yangilanishlar doirasida smartfon va planshetlar ishida aniqlangan bir qator texnik kamchiliklar tuzatildi. Dasturiy o'zgarishlar asosan Xiaomi 17 turkumidagi flagmanlar, shuningdek, Xiaomi 15, Xiaomi 15S Pro va Redmi K seriyasiga mansub qurilmalarni qamrab oldi.

Xususan, Xiaomi 17 Ultra modelida galereya ilovasi bilan bog'liq qotib qolish holatlari hamda Xiaomi 17 Pro Max qurilmasida aloqa tarmoqlari almashayotgan vaqtda ovoz tizimida yuzaga keladigan nosozliklar to'liq bartaraf etildi. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar Redmi K Pad planshetidagi Rampage Engine unumdorlik rejimining ishlashini tartibga keltirishdi.

Xiaomi 15S Pro modelida esa tizimni kesh fayllardan tozalash jarayonidagi sekinlashuvlar olib tashlandi. Shuningdek, budilnik interfeysining noto'g'ri aks etishi va qurilma qayta ishga tushirilgandan so'ng klaviaturada kuzatilgan xatoliklar ham to'g'irlandi.

Kompaniya mutaxassislariga ko'ra, HyperOS 3.0 tizimini muntazam kichik paketlar orqali yangilab borish butun ekotizim barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari