Great Wall Rossiyada 8 silindrli Souo mototsikllari savdosini boshlaydi

0
Great Wall Rossiyada 8 silindrli Souo mototsikllari savdosini boshlaydiXitoyning "Great Wall" kompaniyasi "Souo S2000" rusumli og'ir mototsiklini Rossiya bozoriga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur texnika Yaponiyaning mashhur "Honda Gold Wing" kruizerlariga raqobatchi sifatida ko'rilmoqda. Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, hozirda modelni sertifikatlash ishlari yakuniy bosqichga kelgan.

"Za rulem" nashri bosh muharriri Maksim Kadakovning ta'kidlashicha, ishlab chiqaruvchi ayni vaqtda sotuv ishlarini tashkil etish uchun distribyutorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Agarda tashkiliy masalalar muvaffaqiyatli hal etilsa, yangi mototsikl savdolari 2024 yil yakuniga qadar yo'lga qo'yilishi mumkin.

"Souo S2000" o'zining noyob texnik ko'rsatkichlari bilan soha mutaxassislari e'tiborini tortmoqda. Xususan, u dunyoda birinchi bo'lib 2,0 litr hajmli va 154 ot kuchiga ega gorizontal-oppozit 8 silindrli dvigatel bilan ta'minlangan.

Ushbu kuchli agregat 8 pog'onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi orqali boshqariladi. Mototsikl konstruksiyasi quyma alyuminiy ramaga asoslangan bo'lib, unga zamonaviy "Hossack" turidagi osma va yuqori aniqlikdagi "Brembo" tormoz tizimi o'rnatilgan.

Shuningdek, haydovchi uchun qulaylik yaratish maqsadida 12 dyuymli raqamli asboblar paneli, o'rindiq va tutqichlarni isitish funksiyasi hamda "Bluetooth" audiotizimi integratsiya qilingan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari