Rossiyada Peugeot 408 va 508L modellari narxi e’lon qilindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Rossiyada Peugeot 408 va 508L modellari narxi e’lon qilindiRossiya bozorida Peugeot rusumli ikkita yangi sedan narxi e'lon qilindi

Rossiyada Peugeot brendining rasmiy distribyutori ushbu markaga tegishli ikkita yangi model uchun narxlarni belgiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sotuvga chiqarilayotgan "Peugeot 408" va "Peugeot 508L" sedanlari xaridorlarga faqat bittadan komplektatsiyada taqdim etiladi. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot berdi.

"Sharm" deb nomlangan versiyada taqdim etilayotgan "Peugeot 408" modelining boshlang'ich narxi chegirmalarni hisobga olmaganda 3 799 000 rublni tashkil qilmoqda. Texnik jihatdan avtomobil 173 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbomotor hamda 6 pog'onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Sedan xavfsizlik va qulaylik tizimlari, jumladan, 6 ta xavfsizlik yostig'i, shinalar bosimi nazorati, panoramali kamera hamda 10 dyuymli multimedia ekrani bilan ta'minlangan. Mashina saloni sun'iy charm bilan qoplangan.

Brendning flagman modeli hisoblangan "Peugeot 508L" esa "Prestij" komplektatsiyasida 4 699 000 rublga baholanmoqda. Mazkur sedan 211 ot kuchi quvvatiga ega 1,8 litrli turbomotor va 8 pog'onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi.

Modelning yuqori texnologik jihozlari qatoridan tungi ko'rish tizimi, adaptiv kruiz-nazorat, uch zonali iqlim nazorati va adaptiv osma o'rin olgan. Shuningdek, haydovchiga yordam berish uchun avtomobilga 4 ta kamera o'rnatilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish