VGV krossoverlari Rossiya bozorida arzonlashdi
Rossiyada Belarusning «Unison» zavodida yig'iladigan VGV brendiga mansub U70 Pro va U75 Plus krossoverlari narxi pasaytirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Narxlar bo'yicha o'zgarishlar asosan avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan komplektatsiyalarda kuzatildi. Ixbt.com nashri ma'lumotlariga ko'ra, U70 Pro modelining avtomat uzatmali barcha versiyalari komplektatsiyasiga qarab 2 000 dan 13 000 rublgacha arzonlashgan.
Shu bilan birga, mexanik uzatmalar qutisiga ega bazaviy variant narxi o'zgarishsiz qolib, 2,4 mln rubl miqdorida belgilangan. Ushbu avtomobil 143 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbomotor yordamida harakatlanadi.
Shuningdek, krossoverlar qatoridan joy olgan U75 Plus modelining yetti o'rinli versiyalari narxi ham 1 000 dan 3 000 rublgacha pasaydi. Mazkur model 199 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor hamda sakkiz pog'onali avtomat uzatmalar qutisi bilan ta'minlangan.
Har ikkala krossover oilaviy segment uchun mo'ljallangan bo'lib, salon qismida 10,1 dyuymli Android multimedia tizimi o'rnatilgan. U75 Plus modeli qo'shimcha ravishda zamonaviy xavfsizlik tizimlari va haydovchiga ko'maklashuvchi elektron yordamchilar bilan jihozlangan.
Brendning ushbu qadami bozordagi raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0