BYD kompaniyasi 333 ot kuchiga ega Denza D9 minivenini taqdim etdi

0
BYD kompaniyasi 333 ot kuchiga ega Denza D9 minivenini taqdim etdiDenza brendi ikkinchi avlod D9 minivenini savdoga chiqardi BYD kompaniyasining premium segmentiga mansub Denza brendi ikkinchi avlod D9 minivenini rasmiy ravishda bozorga taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, ushbu yirik MPV klassidagi avtomobil "Toyota Alphard" va "Lexus LM" kabi modellarga raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan bo'lib, texnik imkoniyatlari hamda jihozlanishi bo'yicha sezilarli darajada takomillashtirilgan. Avtomobilning tashqi ko'rinishi keskin o'zgarishlarga uchramagan bo'lsa-da, salon qismida jiddiy yangilanishlar amalga oshirildi.

Ichki makonda jami 10 tagacha ekran o'rnatilgan bo'lib, ular safiga raqamli asboblar paneli, media tizimi, proeksion displey va yo'lovchilar uchun mo'ljallangan alohida monitorlar kiradi. Shuningdek, pardozlash ishlarida yaltiroq plastik materiallar o'rnini tabiiy yog'och qoplamalar egalladi.

Texnik tavsiflarga ko'ra, modelning gibrid varianti 1,5 litrli turbomotor va 66,5 kVt/soat sig'imli batareya bilan ta'minlangan. Tizimning umumiy quvvati 333 ot kuchiga teng bo'lib, avtomobil to'liq uzatmali boshqaruv mexanizmiga ega.

Gibrid model to'liq quvvat bilan 1 100 km masofani bosa oladi. Elektr quvvati bilan harakatlanuvchi versiya esa bir marta quvvatlanish orqali 750-800 km yo'l yurish imkonini beradi.

Mashina komplektatsiyasidan 30 ta dinamikli "Devialet" audio tizimi, 7,5 litrli muzlatkich va massaj funksiyasiga ega o'rindiqlar joy olgan. Xavfsizlik va haydovchiga ko'maklashish tizimi 12 ta kamera hamda 3 ta lidardan tashkil topgan.

Yangi modelning narxi gibrid versiya uchun 360 ming yuandan, elektr modeli uchun esa 370 ming yuandan boshlanadi. Bu ko'rsatkich yaponiyalik raqobatchilar narxidan deyarli ikki baravar arzon hisoblanadi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari