Pekinda 1400 ot kuchiga ega Zeekr 8X modeli namoyish etildi

0
Pekinda 1400 ot kuchiga ega Zeekr 8X modeli namoyish etildiPekinda Zeekr 8X yo'ltanlamasi taqdim etildi Pekin avtosalonida Zeekr 8X yo'ltanlamasining ilk ommaviy namoyishi o'tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, yangi model rasman e'lon qilinganidan so'ng 30 daqiqa ichida 10 mingdan ziyod buyurtma to'plagan. Avtomobil narxi uning jihozlanishiga qarab 330 mingdan 474 ming yuangacha etib belgilandi.

SEA-S Super Hybrid platformasida yaratilgan ushbu modelning uzunligi 5100 mm, g'ildiraklar bazasi esa 3069 mm ni tashkil qiladi. Mashina tashqi ko'rinishidan yirik radiator panjarasi va SEA Star Diamond Matrix optik tizimi bilan ajralib turadi.

Salonda 16 dyuymli OLED ekran, 44 dyuymli proeksion displey hamda yo'lovchilar uchun mo'ljallangan 17 dyuymli shift ekrani joylashtirilgan. Yo'ltanlamas 5 va 6 o'rinli ko'rinishlarda ishlab chiqariladi.

Ikkinchi qator o'rindiqlari elektr boshqaruvi, isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalari bilan ta'minlangan, shuningdek, ichki qismda sovutkich ham mavjud. Texnik jihatdan avtomobil 900 voltli tizim va 2,0 litrli turbo dvigatel asosida ishlaydi.

Ikki motorli talqin 897 ot kuchiga ega bo'lsa, uch motorli Wraith varianti 1400 ot kuchi quvvatini beradi. Eng kuchli model 100 km/soat tezlikka 2,96 soniyada chiqadi.

Gibrid tizimi faqat elektr quvvatida 410 km masofani bosib o'tishga qodir. Avtomobil beshta lidar va ikkita Thor-U chipi yordamida ishlovchi G-ASD 4.0 avtonom haydash tizimi bilan jihozlangan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari