Pekinda Hongqi brendining yangi ramali yo'ltanlamasi taqdim etildi
Xitoyning FAW davlat konserni Pekin avtosaloni doirasida o'zining yangi Hongqi P567 modelini namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mazkur avtomobil brend tarixidagi ilk agressiv dizaynga ega yo'ltanlamas hisoblanadi. Hozircha bozor uchun rasmiy nomi ma'lum qilinmagan ushbu model zamonaviy bozor tendensiyalariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Tashqi ko'rinishida an'anaviy vertikal chiziqli radiator panjarasi, yoritiladigan qizil chiziq va massiv bamperlar ko'zga tashlanadi. Tom qismidagi lidar tizimi avtomobilning ilg'or avtopilot funksiyasi bilan jihozlanganidan dalolat beradi.
Texnik ko'rsatkichlarga ko'ra, Hongqi P567 ketma-ket gibrid tizimida ishlaydi. Qurilmaga generator vazifasini o'tovchi 2 litrli turbomotor va to'rtta elektromotor o'rnatilgan.
Tizimning umumiy quvvati 843 ot kuchi va 1320 Nm aylanish momentiga teng. Og'ir vazniga qaramay, yo'ltanlamas 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada chiqadi.
To'liq quvvat bilan u 1350 km masofani bosib o'tish imkoniyatiga ega bo'lib, faqat elektr energiyasida 280 km yo'l yuradi. Avtomobilning ichki qismi minimalizm uslubida bezatilgan bo'lib, virtual asboblar paneli va multimedia tizimi bilan ta'minlangan.
Shuningdek, model pnevmatik osma, buriluvchi orqa g'ildiraklar va uchta differensial blokirovkasi bilan jihozlangan. Hongqi P567 uzunligi 5120 mm, kengligi 2050 mm va balandligi 1960 mm ni tashkil etadi.
G'ildiraklar bazasi 2900 mm ga teng. Loyiha doirasida Yunliang tyuning-atelyesi bilan hamkorlikda qo'shimcha aksessuarlarga ega maxsus versiyalar ham tayyorlangan.