
Fransiya chempionatining navbatdagi turi doirasida "PSJ" safarda "Anje" jamoasi mehmoni bo'ladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mazkur uchrashuv oldidan parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Unga ko'ra, darvozani rossiyalik legioner Matvey Safonov himoya qiladi.
Shuningdek, boshlang'ich tarkibdan Hakimi, Zabarniy, Pacho, Ernandes, Beraldo, Ruis, Meyulyu, Barkola, Kan-In va Ramush kabi futbolchilar joy olgan. E'tiborli jihati shundaki, Luis Enrike jamoaning bir qator yetakchi a'zolarini, jumladan, Xvicha Kvarasxeliya, Joau Nevesh va Usmon Dembeleni zaxirada qoldirishga qaror qildi.
Ushbu qaror "PSJ"ning kelayotgan seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi o'ta muhim o'yin kutib turgani bilan izohlanmoqda. Murabbiylar shtabi asosiy o'yinchilarning kuchini Myunxen klubi bilan bo'ladigan bahsga tejashni lozim topgan.
"Anje" hamda "PSJ" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi. Futbol ishqibozlari mazkur bellashuvni matnli translyatsiya orqali kuzatib borishlari mumkin.
Parijliklar ayni damda turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamlashni maqsad qilgan.